1.1. Ushbu Ommaviy oferta Toza-GROUP MCHJ (keyingi o'rinlarda – Kompaniya) tomonidan tozauz.uz veb-sayti hamda "TozaUz" mobil ilovasi orqali taqdim etiladigan xizmatlardan foydalanish shartlarini belgilaydi.
1.2. Ushbu ofertani qabul qilish (akceptlash) foydalanuvchi tomonidan: mobil ilovani yuklab olish, ro'yxatdan o'tish, platformadan foydalanish, yoki chiqindilarni topshirish orqali amalga oshiriladi.
1.3. Ofertani qabul qilgan shaxs ushbu hujjat shartlariga to'liq va so'zsiz rozilik bildirgan hisoblanadi.
2.1. Kompaniya nomi: Toza-GROUP MCHJ
2.2. Faoliyat yurituvchi davlat: O'zbekiston Respublikasi
2.3. Rasmiy veb-sayt: https://tozauz.uz
2.4. Emil: tozauzeco@gmail.com
3.1. Platforma – tozauz.uz sayti va "TozaUz" mobil ilovasi.
3.2. Foydalanuvchi – Platformada ro'yxatdan o'tgan jismoniy shaxs.
3.3. Agent – Platforma orqali chiqindilarni yig'ish va topshirishda ishtirok etuvchi shaxs.
3.4. Fandamat – ikkilamchi xomashyoni qabul qiluvchi avtomatlashtirilgan qurilma.
3.5. Balans – foydalanuvchining Platformadagi hisobidagi mablag'.
4.1. Toza-GROUP MCHJ – chiqindilarni yig'ish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish jarayonlarini raqamlashtirgan innovatsion ekologik platformadir.
4.2. Platforma chiqindi hosil bo'lishidan boshlab utilizatsiyagacha bo'lgan to'liq jarayonni QR-kod va raqamli texnologiyalar orqali boshqaradi.
4.3. Foydalanuvchilar va Agentlar chiqindilarni topshirish orqali Platformada pul ishlash imkoniyatiga ega bo'ladilar.
5.1. Foydalanuvchi quyidagilarga majbur:
5.2. Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
6.1. Hisob-kitob va mablag' o'tkazish:
- Foydalanuvchi bir martalik chiqindini paketini topshirganda, paketdagi Kompaniya tomonidan yaratilgan (generatsiya) qilingan QR-kodni yoki ikkilamchi mahsulotdagi shtrixkod ni skanerlash orqali topshiruv tizimga kiritiladi va foydalanuvchining balansiga mablag' o'tkaziladi.
- Agent chiqindini Fandamat orqali qabul qilganda:
- Agentning raqamli hamyoniga pul tushadi,
- Foydalanuvchi ham pul oladi.
- Har bir ishtirokchi o'z hissasi evaziga raqamli balansda mablag' oladi va barcha hisob-kitoblar platforma orqali avtomatik amalga oshiriladi.
6.2. Mablag'lar real pul hisoblanadi.
6.3. Minimal pul chiqarish summasi: 10 000 (o'n ming) so'm.
6.4. Pul chiqarish Platformada belgilangan usullar orqali amalga oshiriladi.
6.5. Texnik xatoliklar tufayli noto'g'ri hisoblangan mablag'lar Kompaniya tomonidan qayta ko'rib chiqilishi mumkin.
7.1. Kompaniya quyidagi huquqlarga ega:
7.2. Kompaniya Platformaning uzluksiz ishlashini ta'minlashga harakat qiladi, biroq texnik uzilishlar uchun to'liq javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
8.1. Platforma "mavjud holatda" taqdim etiladi.
8.2. Kompaniya:
9.1. Foydalanuvchi ro'yxatdan o'tish orqali o'z shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlashga rozilik bildiradi.
9.2. Shaxsiy ma'lumotlar amaldagi qonunchilikka muvofiq himoyalanadi.
10.1. Kompaniya ushbu ofertani bir tomonlama o'zgartirish huquqiga ega.
10.2. Yangi tahrir saytda e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
11.1. Ushbu oferta O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi.
11.2. Nizolar O'zbekiston Respublikasi sudlarida ko'rib chiqiladi.
12.1. Ushbu hujjat Foydalanuvchi va Kompaniya o'rtasidagi to'liq kelishuv hisoblanadi.
12.2. Agar ushbu ofertaning biror bandi haqiqiy emas deb topilsa, qolgan bandlar o'z kuchini saqlab qoladi.
Toza-GROUP MCHJ
Toshkent viloyat, Chirchiq shahri, Turon mahalla, 48-uy.
O'zbekiston
Email: tozauzeco@gmail.com
Veb-sayt: https://tozauz.uz